Jamiyat | 15:23 / 17.12.2015
2755
2 daqiqa o‘qiladi

Tsukerberg Braziliyada WhatsApp messenjeri bloklanishiga o‘z munosabatini bildirdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i rahbari Mark Tsukerberg Braziliya sudi tomonidan WhatsApp messenjerining 48 soatga bloklab qo‘yish bo‘yicha chiqargan hukmiga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

Tarmoqdagi rasmiy sahifasida u Facebook jamoasi WhatsApp messenjeriga qo‘yilgan taqiqni olib tashlash bo‘yicha faol ish olib borayotgani, hozircha bunga muvaffaq bo‘linmagani haqida yozgan.

Tsukerberg braziliyalik foydalanuvchilarga hozircha faol bo‘lib turgan Facebook messenjeridan foydalanishni taklif qilmoqda.

«Bu Braziliya uchun juda qayg‘uli kun. Shu kungacha Braziliya butun dunyo bo‘yicha erkin internetni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kengash a'zosi edi. Braziliyaliklar ijtimoiy tarmoqdan eng faol foydalanuvchilardan bo‘lib kelishgan. Biz shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilishni kuchaytirishga harakat qilayotgan paytimizda Braziliya sudi WhatsApp`ni bloklab qo‘yish bo‘yicha qaror chiqarishi hayron qoldirdi», — deb yozadi Mark Tsukerberg.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish