Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:34 / 17.12.2015
3340
1 daqiqa o‘qiladi
Disney World va AQShning boshqa tematik bog‘larida xavfsizlik choralari kuchaytirildi
Florida va Kaliforniyaning yirik tematik ko‘ngilochar bog‘larida, jumladan Disney, SeaWorld va Universal Studios bog‘larida xavfsizlik choralari kuchaytirildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Xabarda aytilishicha, bog‘lar hududida tashrif buyuruvchilar tekshiruvi kuchaytirildi hamda o‘yinchoq qurollar sotish taqiqlab qo‘yildi.
Shuningdek, 14 yoshdan kattalarga turli kostyumlar kiyib yurish ham taqiqlab qo‘yildi.