15:56 / 17.12.2015
4600

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qamchiq dovonida noqulay ob-havo sharoiti yuzaga kelishidan ogohlantirdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, Qamchiq dovonidan o‘tgan A-373 “Toshkent — O‘sh” avtomobil yo‘lida 17 dekabrdan 18 dekabrga o‘tar kechasi hamda 18-20 dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi ehtimoli bor.

Vazirlikning Gidrometeorologiya markazi ma'lumotlariga asoslanib xabar berishicha, Qamchiq dovonida havo harorati -10 darajagacha pasayishi, tuman tushishi, shamolning tezligi soniyasiga 20 metrgacha kuchayishi, ko‘rish uzoqligi 50-100 metrgacha qisqarishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Gidrometeorologiya markazi tomonidan 18-20 dekabr kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘ylab qor yog‘ishi haqida xabar berilgan edi.

Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliqni tashkil etadi. Toshkentda harorat kechasi -3 dan +2, kunduzi 18 dekabr kuni 3-8, 19-21 dekabr kunlari esa 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Top