Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya adliya vaziri o‘z nomiga po‘pisa qilingan va “IShIDdan” o‘q solingan maktub oldi
Italiya adliya vaziri Andrea Orlando o‘z nomiga po‘pisa qilingan va Kalashnikov avtomatining ikkita o‘qi solingan maktub oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, vazirga ikkita o‘q solingan va arabchada yozilgan xati bo‘lgan konvert kelgan. Maktub mualliflari IShID nomidan Rimga kelib Orlandoni o‘ldirish bilan po‘pisa qilishgan. Konvertdagi manzil ingliz tilida ko‘rsatilgan.
Maktub mualliflari aniqlanmagan. Vazirlikda ta'kidlanishicha, ular birinchi marta bunday po‘pisa qilingan maktubni olishgan.
Italiyada yanvarda IShIDga qarshi kurashayotgan davlatlar uchrashuvi o‘tkazilishi belgilangan.