Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada bosh vaziri: Rim papasi mamlakatning tub aholisidan kechirim so‘rashi kerak
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Rim papasi Frantsiskdan Rim-katolik cherkovi nomidan cherkov vakillari tomonidan Kanadaning tub aholisiga turli zulmlar o‘tkazilgani uchun kechirim so‘rashini so‘raydi, deb xabar bermoqda CBC News kanali.
“Bu men boshqa hukumat yoki tashkilotlarga nima qilish kerakligini uqdirmoqchi ekanligimni bildirmaydi, biroq men bu muammoni hal qilish uchun konstruktiv hamjihatlikni intiqlik bilan kutmoqdaman. Ochig‘ini aytganda, Kanada tarixining bu dahshatli qismida o‘z qilmishlarini tan olishlari kerak bo‘lgan ko‘p tashkilotlar bor”, deb aytdi Tryudo.
Tryudo bu masalada pontifik bilan suhbat o‘tkazishni intiqlik bilan kutayotganini ta'kidlab o‘tdi.
Avvalroq Kanadada faoliyat yuritgan mamlakat parlamentining haqiqat va yarashtiruv komissiyasi “Kanadaning tub aholisi vakillari Rim-katolik cherkovining harakatlaridan ma'nan, madaniy, jismoniy va jinsiy ziyon ko‘rganlar”, deb topgandi.