Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pan Gi Mun: Suriya inqirozining yechimi Asadning kelajagiga bog‘liq bo‘lmasligi kerak
Suriyada ixtilofli vaziyatni bartaraf etish ishi prezident Bashar Asadning kelajagiga bog‘liq bo‘lib qolishi kerak emas. Bu haqda BMT bosh kotibi Pan Gi Mun jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.
“Prezident Asadning kelajagi haqidagi qarorni Suriya xalqi berishi kerak, - dedi u. – Shu bilan birga, o‘ylaymanki, butun Suriya inqirozi va uning yechimi faqat bir kishining taqdiriga bog‘lanib qolishi noto‘g‘ri. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”.
BMT rahbarining ta'kidlashicha, “ayrim davlatlar Asadni cheklangan muddatga mamlakat boshida qoldirishni taklif qilmoqda”, lekin bu masala “keyinroq hal etiladi”.