Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peskov Rossiyada Telegram messenjerini yopilishi haqidagi gaplarga munosabat bildirdi
Rossiya hukumati Telegram messenjerini yopib qo‘yishni rejalashtirmayapti. Bu haqda mamlakat prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Rossiya 24» telekanaliga bergan intervyusi chog‘ida ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda gap messenjer ish faoliyatini tartibga solish haqida ketmoqda. Bu shaxsiy ma'lumotlarni olish zaruriyatidan emas, balki ma'lum identifikatsiyalarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida amalga oshirilishi rejaga kiritilgan.
Shuningdek Peskov, Telegram servisidan Kremlda ham foydalanishini ma'lum qilgan.
«Bu jurnalistlar, hamkasblar gaplashish, savol javoblar almashish boshqa bir qator masalalarda juda qulay bo‘lgan tarmoq», — deya ta'kidlagan matbuot kotibi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, messenjerning ish faoliyati bo‘yicha hech qanday cheklovlar joriy qilinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur messenjerni yopish taklifini deputat Aleksandr Ageyev o‘rtaga tashlagandi. Uning fikriga ko‘ra, terrorchilar aynan Telegram xizmatidan foydalanishmoqda.