15:27 / 17.12.2015
11254

Putin hukumat haqida: uning xatolarida mening ham aybim bor

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 17 dekabr kuni, OAV vakillari ishtirokida katta matbuot anjumani o‘tkazmoqda. Qariyb 1 400 jurnalist ishtirokidagi tadbir Xalqaro savdo markazida bo‘lib o‘tmoqda.

Hukumat tarkibining o‘zgarishi mumkinligi haqidagi savolga javob berarkan, Putin hozircha bunga zarurat ko‘rmayotganligini aytib o‘tdi.

“Men odamlarni juda qadrlayman. Kadrlar masalasida tartibsizlik kerak emas, u xalaqit beradi”, - deb ta'kidladi u.
“Agar xatolar bo‘lsa, bularda mening ham aybim bor”, - qo‘shimcha qildi Rossiya yetakchisi.

Top