Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: IShID mintaqada uchinchi tomon manfaatlarini himoya qilmoqda
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 17 dekabr kuni, OAV vakillari ishtirokida katta matbuot anjumani o‘tkazmoqda. Qariyb 1 400 jurnalist ishtirokidagi tadbir Xalqaro savdo markazida bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir Rossiyaning barcha markaziy kanallari orqali efirga uzatilmoqda.
IShID haqidagi savolga javob berarkan, Putin bu guruh noqonuniy neft savdosini hamda mintaqada uchinchi kuchlarning manfaatlarini himoya qilayotganligini ta'kidlab o‘tdi.
“Mintaqada hokimiyat bo‘shlig‘i yuzaga chiqdi, keyin neft savdosi bilan bog‘liq unsurlar pydo bo‘ldi. Vaziyat yillar davomida shu tarzda davom etdi. Biznes, kontrabanda. Buni himoya qilish uchun harbiy kuch kerak bo‘ldi”, - deb ta'kidladi u.
Putin Rossiyaning harbiy operatsiyasidan so‘ng, ekstremistlar nazorati ostidagi mintaqalardan neft yetkazish sxemalar o‘zgarganini qayd qilib o‘tdi: “Biz konvoylarga zarba bera boshladik, endi ko‘rsak, ular qismlarga bo‘linmoqda, guruhlanmoqda, 5-6, 10-15ta mashina bo‘lib yuribdi, asosiy oqim esa Iroq Kurdistoni orqali Iroqning ichki qismlariga ketmoqda”.