Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya TIV: Ukrainada rus tilini maktabda o‘qitish mumkin emas, lekin bir-birini so‘kish mumkin
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Ukraina mudofaa vaziri Arsen Avakov va Odessa hokimi Mixeil Saakashvili o‘rtasidagi janjalga izoh berib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, dahanaki jang aks etgan videolavha vazir tomonidan internetga joylashtirildi.
“Avakovning Saakashvili bilan janjali”, aytish qo‘rqinchli, islohotlar milliy radasidagi janjali videosini ko‘rdingizmi? Kulgili emas, mutlaqo kulgili emas”, - deb yozdi Zaxarova Facebook’dagi sahifasida.
“Birinchidan, - so‘zida davom etdi u, - rus tilida Ukrainada maktab va universitetlarda o‘qish mumkin emas, lekin vazirlar va “hokim”lar shu tilda bir-birini bemalol so‘kaveradi. Ikkinchidan, bunday holatlar rasmiy yig‘inlarda sodir bo‘lsa, jamiyat haqida nima deyish mumkin? U qanchalar qutblashgan? Keyingi bosqich uning yanada radikallushvidir”.
Nihoyat, uchinchidan, Zaxarovaning fikricha, Ukrainaning “bugungi hukmdorlari” mamlakatning kelajagini shubha ostiga qo‘ymoqda.
“Ko‘p millatli Ukraina kelajakda qanday yashashi tushunarsiz, agarda Kiyevdagi bugungi hokimiyatning g‘oyaviy muxlisiga “Mamlakatimdan yo‘qol!” deyilayotgan bo‘lsa.
Amerika konstitutsiyasi ustida rejimga sadoqat qasamini ichgan bechora Mishiko esa o‘zini oqlash uchun “Men ukrainalikman” demoqda. Donbass ruslari haqida nima ham deymiz – bunday hukmdorlarga ega Ukrainada ularni qanday kelajak kutmoqda?”, - xulosa qildi amaldor.