Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyada mamlakatning sobiq prezidenti Kim Chen Ir vafotining 4 yilligi munosabati bilan xotira tadbirlari o‘tmoqda
Shimoliy Koreyada 17 dekabrda mamlakatning sobiq prezidenti Kim Chen Ir vafotining 4 yilligi munosabati bilan xotira tadbirlari o‘tmoqda.
Mamlakat yetakchisi Kim Chen In qurolli kuchlarning qo‘mondonlik tarkibi hamrohligida ertalabdan Kimsusan saroyiga tashrif buyurdi, bu yerda shaffof tobutda marhum yetakchining jasadi dafn etilgan. Kim Chen In o‘zining marhum otasining ko‘p sonli mukofotlari, marhum prezident nazorat safarlarini uyushtiradigan poyezd vagoni, yaxta hamda xizmat mashinasi saqlanadigan zallarni aylanib chiqdi.
Erta tongdan odamlar Pxenyan markazida barpo etilgan Kim Ir Sen va Kim Chen Irning ulkan haykallari poyiga kelmoqdalar. Parad kiyimidagi o‘quvchilar va talabalar, jiddiy kostyum kiyib olgan erkaklar va milliy liboslardagi ayollar haykallar poyiga gullar qo‘ymoqda.
Shu munosabat bilan gazetalarda chop etilayotgan xabarlarda Kim Chen Ir “buyuk inson va siyosiy arbob” bo‘lgani, u “mamlakatning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgani” ta'kidlab o‘tilmoqda. Shimoliy Koreyada Kim Chen Irni “kuchli va gullagan davlat yaratish va xalq farovonligini oshirish uchun o‘z kuchini ayamagan” “millat otasi” va “tengsiz vatanparvar” deb ataydilar.
Kim Chen Ir 2011 yil 17 dekabrda navbatdagi nazorat safari davomida yurak xurujidan barvaqt olamdan ko‘z yumgan. Koreya millati oldidagi xizmatlari uchun Shimoliy Koreya rahbariyati qarori bilan Kim Chen Ir ortidan Koreya Mehnat partiyasi bosh kotibi hamda Davlat mudofaa qo‘mitasi raisi lavozimlari abadiy saqlanib qolingan. Unga vafotidan keyin Shimoliy Koreya generalissimusi unvoni berilgan.