Jahon | 20:14 / 17.12.2015
2260
2 daqiqa o‘qiladi

Telegram Braziliyada WhatsApp`ga to‘siq qo‘yilganidan so‘ng 1,5 million yangi foydalanuvchiga ega bo‘ldi

Chorshanba, 16 dekabr kuni Braziliyaning San-Bernardu-du-Kampu shahri sudi WhatsApp messenjeriga 48 soat davomida to‘siq qo‘yish haqida qaror qabul qilgan edi. Sud qarori 17 dekabr yarim tunda kuchga kirdi. Messenjerga to‘siq qo‘yilishi javob chorasi sifatida baholanmoqda, deya xabar bermoqda Folha de S. Paulo gazetasi.

E'lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, WhatsApp`ning bloklanishi mamlakat politsiyasi tomonidan o‘tkazilgan tergov bilan bog‘liq. Messenjer foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni politsiyaga taqdim etishi lozim edi, biroq kompaniya hukumat talabani qondirmadi. Natijada messenjerga to‘siq qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Band News TV telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, tergov a'zolarining shafqatsizligi va politsiya xodimlarini o‘ldirishi bilan mashhur bo‘lgan PCC — “Birinchi poytaxt jamoasi” jinoiy to‘dasini fosh etishga qaratilgan edi. Telekanal xabariga ko‘ra, RSS a'zolari jinoyatlarni tashkil etishda WhatsApp`dan foydalanishgan.

WhatsApp bloklanganidan so‘ng braziliyalik foydalanuvchilar ommaviy ravishda Telegram`ga a'zo bo‘lmoqda. Bir necha soatlar ichida mazkur messenjerdan 1,5 million kishi ro‘yxatdan o‘tdi.

Foydalanuvchilar xizmatdan ro‘yxatga o‘tishda SMS-kodlarni qabul qilishda muammolar vujudga kelganidan shikoyat qilishdi. Telegram xabariga ko‘ra, nosozlik yirik SMS-darvoza (shlyuz)larda vujudga kelgan va keyinchalik u bartaraf etilgan. Tarmoqda zo‘riqishlarning ortib ketishi natijasida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar aloqa raqamlarini yuklay olmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish