Sport | 20:44 / 17.12.2015
3099
2 daqiqa o‘qiladi

The Telegraph: "Chelsi"ni mavsum oxirigacha Guus Xiddink boshqarib turadi

Gollandiyalik mutaxassis Guus Xiddink "Chelsi"ga vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida taklif etildi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatdi.

Nashrning yozishicha, londonliklar Xiddink bilan og‘zaki kelishuvga erishib bo‘lishgan va endi bu murabbiy jamoani mavsumning qolgan o‘yinlarida boshqarib turadi.

Xabarda aytilishicha, Xiddink ertaga, 18 dekabr kuniyoq "Chelsi"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi sifatida ish boshlashi va jamoani "Sanderlend"ga qarshi o‘yinga tayyorlash uchun kirishishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mutaxassis "Chelsi"ni 2009 yilda ham jamoadan Avraam Grant ishdan bo‘shatilgach, mavsum so‘ngigacha boshqarib turgandi.

69 yoshli mutaxassis bilan hozircha mavsum so‘ngiga qadar bitim tuzilishi va keyin bu bitim uzaytirilishi mumkin.

Yangi mavsumda jamoa murabbiyligiga taklif etilishi mumkin bo‘lgan murabbiy nomzodlar orasida "Bavariya"ni mavsum so‘ngida tark etadigan Hosep Gvardiola, ishsiz yurgan murabbiylar Xuande Ramos hamda Brendan Rodjyers nomlari bor.

"Chelsi" Joze Mourinoni iste'foga chiqardi

"Chelsi" Mourinoga muddatidan oldin shartnomani buzgani uchun 12 mln funt tovon puli to‘laydi

"Chelsi"ni mavsum yakunigacha Xiddink, yangi mavsumda Simeone boshqarishi mumkin

Shevchenko «Chelsi»da ish boshlashi mumkin

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish