18:06 / 17.12.2015
3923

Tojikistonlik muhojir Sankt-Peterburgda tashlab ketilgan chaqaloqni qutqarib qoldi

Sankt-Peterburgning Viborg tumanidagi qorovullardan biri noodatiy topilmaga ega chiqdi. U ko‘chadan yangi tug‘ilgan chaqaloq topib oldi.

Rossiyadagi nashrlarning yozishicha, chaqaloqning tug‘ilganiga 3-4 kun bo‘lgan. U Yesenin ko‘chasidagi 4-uy qarshisidagi ko‘chada paxmoq adyolga o‘ralgan holda bo‘lgan.

14 dekabr kuni Tojikiston fuqarosi bo‘lgan 22 yoshli mehnat muhojiri uni topib olgan.

Chaqaloq 17 raqamli shahar shifoxonasiga olib borilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, tibbiyot xodimlari chaqaloqning sog‘ligi yaxshiligini aytgan.

Chaqaloq tashqi ko‘rinishiga ko‘ra "osiyoliklarni" eslatgan.

Politsiya tekshiruvlarni olib bormoqda va chaqaloqning ota-onasini qidirmoqda.

Top