10:08 / 17.12.2015
4070

Xitoy TIV: Xitoy Tayvanga qurol-aslaha yetkazib berayotgan AQSh kompaniyalariga qarshi sanksiya kiritadi

Xitoy Tayvanga qurol-aslaha yetkazib berishga aloqador bo‘lgan AQSh kompaniyalariga qarshi sanksiya kiritadi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligining 17 dekabrda chop etilgan xabarida ma'lum qilindi.

“Xitoy o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida qat'iy choralar ko‘radi. Bu choralar o‘z ichiga Tayvanga qurol-aslaha yetkazib berishga aloqador bo‘lgan AQSh kompaniyalariga qarshi sanksiya kiritishni o‘z ichiga oladi”, deyilmoqda hujjatda.

Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chjen Tszeguan AQShning Xitoydagi ishlari bo‘yicha vaqtinchalik ishonchli vakilini chaqirtirdi va AQSh Davlat departamentining Tayvanga qurol-aslaha yetkazib berish qarori yuzasidan qat'iy norozilik bildirdi.

Tayvanga AQSh tomondan 1,83 mlrd dollarlik qurol-aslaha yetkazib berish haqidagi qaror 16 dekabrda AQSh Davlat departamenti tomonidan ma'qullandi. Tayvanga sotilishi mumkin bo‘lgan harbiy texnika va qurol-aslaha qatorida Oliver Hazard Perry sinfidagi ikkita raketa fregati, TOW 2B tankka qarshi boshqariluvchi raketalar, tankka qarshi Javelin raketa majmualari, desant harbiy mashinalari hamda Stinger ko‘chma zenit raketa majmualari bor.

Top