O‘zbekiston | 18:56 / 18.12.2015
2870
2 daqiqa o‘qiladi

2015 yilda O‘zbekiston 65 turdagi dori vositalari ishlab chiqara boshladi

O‘zbekistonning farmatsevtik korxonalarida o‘tayotgan yilda 65 turdagi yangi dori vositalarining ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Yangiliklar 20 ta korxonada joriy etildi, deb xabar beradi Sputnik agentligi “O‘zfarmsanoat” vakilining tegishli konferensiyadagi so‘zlariga iqtibos keltirgan holda.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, shulardan 16 turdagi dorilar asosiy dori vositalari ro‘yxatiga kiradi. 2015 yil uchun tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga 19 korxonada amalga oshiriladigan 31 loyiha kiritilgan edi. Ularning umumiy qiymati 325.8 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Natijada yil yakunlariga ko‘ra 326.5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi kutilmoqda.

Shuningdek, joriy yilda 283 mln dollar investitsiya sohaga jalb qilingan bo‘lib, shundan 97.7 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy kiritmalardir.

Bugungi kunga qadar respublikada lokalizatsiya dasturi doirasida mahsulotlarning 450 yangi turi o‘zlashtirilgan, shulardan 380 tasi yangi dori vositalari, 70 tasi esa yangi tibbiy buyumlardir. Yil bo‘yicha farmatsevtik mahsulotlar 670 mlrd so‘mlik hajmda ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘sish sur'ati 122 foizni tashkil qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish