Sport | 09:01 / 18.12.2015
3713
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik sarmoyadorlar Angliyada yana bir top klubni tashkil qilishmoqchi

Amerikalik sarmoyadorlar Devid Blitser va Josh Xarris Angliya premer ligasining "Kristal Pelas" jamoasi aksiyalarining nazorat paketini qo‘lga olishmoqchi. Bu tadbirkorlar AQSh Milliy Basketbol uyushmasining "Filadelfiya Sikserz" va Milliy xokkey ligasining "Nyu-Jyersi Devilz" jamoalari xo‘jayinlari hisoblanishadi.

"Kristal Pelas" jamoasi murabbiyi Alan Pardyuning aytishicha, amerikalik sarmoyadorlar va jamoaning hozirdagi rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralar final bosqichida turibdi. 54 yoshli murabbiyning o‘zi ham bu muzokaralarda ishtirok etmoqda va u yangi rahbarlar kelganidan keyin ham jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlashni davom ettiradi.

Pardyuning qayd etishicha, Blitstser va Harris sport jamoalarini boshqarish borasida katta tajribaga ega va ular "Kristal Pelas" jamoasini rivojlantira olishadi. U moliyaviy ko‘mak Londonda yana bir katta jamoa yuzaga kelishini ta'minlashiga ishonch bildirgan.

Muzokaralarning jihatlari haqida boshqa ma'lumotlar berilmagan.

Ma'lumot uchun, "Kristal Pelas" 1905 yilning 10 sentabrida tashkil topgan. Jamoa o‘z uy o‘yinlarini 26309 nafar tomoshabin sig‘imiga ega "Selxerst Park" stadionida o‘tkazadi. Bu jamoa Londonning Kroydon okrugidagi Janubiy Norvud shaharchasi sharafini himoya qiladi.

Jamoaning tarixidagi eng yaxshi natija 1990-91 yillar mavsumida APLdagi uchinchi o‘rin va 1990 yildagi Angliya Kubogi turniri finali hisoblanadi.

"Kristal Pelas" joriy mavsumda 16 turdan keyin 26 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining 6-o‘rnida bormoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish