Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atambayev milliy xavfsizlik organlarini yanada jadalroq ishlashga chaqirdi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev milliy xavfsizlik organlarini Chekistlar kuni bilan tabrikladi. Bu haqda 24.kg agentligi xabar bermoqda. O‘z bayonotida u tashkilot xodimlarini yanada jadalroq ishlashga chaqirdi.
“Bugun milliy xavfsizlik organlaridan oldindan ko‘ra bilish va shunga muvofiq ishlash talab etiladi”, - deb ta'kidladi davlat rahbari.
“O‘tgan davr mobaynida milliy xavfsizlik organlari, butun mamlakat singari, murakkab pallalarni boshdan kechirdi. Ko‘tarilish va tushish. Qahramonlik va xiyonat. Lekin ko‘p jihatdan aynan mamlakat xavfsizligini ta'minlash, milliy manfaatlarni himoya qilish, tinchlik va barqarorlikni saqlash hayotining mazmuniga aylangan odamlar tufayli biz o‘z davlatchiligimiz va mustaqilligimizni saqlab qoldik”, - deb ta'kidladi Atambayev.