Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asad Suriyadagi vaziyatni bir yil ichida tartibga solish mumkinligini aytdi
Suriyadagi ixtilofning yechimini jahon hamjamiyati mamlakat hududida harakat qilayotgan terrorchilarga qarshi kurash bo‘yicha real choralar ko‘rsa, bir yildan kamroq vaqtda topish mumkin, deb aytdi Suriya prezidenti Bashar Asad.
“Agar mamlakatlar mas'uliyat ko‘rsatib, terrorchilar oqimiga qarshi choralar ko‘rsa, ularda mavjud bo‘lgan logistik ko‘makni yo‘q qilsa, unda ixtilofning yechimi bir yildan kamroq vaqt olishiga kafolat beraman”, deb aytdi Asad Niderlandiyaning ikkinchi davlat kanaliga bergan intervyusida.
Asadning ta'kidlashicha, ko‘p davlatlar, aksincha yo‘l tutmoqda, ya'ni “vaziyatni borgan sari chigalroq qilishga harakat qilmoqda hamda muammoning istalgan yechimiga to‘siqlar yaratmoqda”.
“Bularning barchasi ular Suriyani o‘zgartirishi, uni prezidentidan mahrum qilishi mumkin bo‘lgan “siyosiy yechimni” talab qilayotganlari sabablidir. Shuning uchun muammoning hal qilinishi cho‘zilaveradi”, deb aytdi Asad.
Asad navbatdagi marta faqat Suriya xalqining o‘zigina amaldagi yetakchi qolish-qolmasligini hal qilishi kerakligini ta'kidlab o‘tdi.
“Bu masalani faqat suriyaliklar hal qilishi kerak. Agar Suriya xalqi mening qolishimni istamasa, unda men o‘sha kuniyoq hokimiyatni tark etishim kerak bo‘ladi”, deb aytdi Asad.