Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boku 2021 yilgacha «Formula-1» bo‘yicha Gran-Prini o‘zida qabul qiladi
«Formula-1» poygalari bo‘yicha Gran-pri bosqichi kamida 2021 yilga qadar Ozaboyjon poytaxti Boku shahrida tashkillashtiriladi. Mazkur bosqichni tashkillashtirishda Boku Rossiya Gran-prisi promouterlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Bu haqda Ozarboyjon sport vaziri Azad Ragimov TASS axborot agentligiga ma'lum qildi.
«Biz o‘n yil muddatga shartnoma imzoladik. Dastlabki besh yil muddatda biz poygalarni o‘tkazamiz. Keyin esa shartnoma avtomatik ravishda yana besh yilga uzaytirilishi mumkin», - deya ta'kidlagan Ragimov.
«Biz Rossiya Gran-pri tashkilotchilari bilan yaqin aloqalar o‘rnatganmiz. Biz texnologik rejalar bo‘yicha tajriba almashishimiz mumkin», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan vazir.