Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada WhatsApp taqiqlab qo‘yilishi munosabati bilan Telegram’dan yana 5.9 mln kishi ro‘yxatdan o‘tdi
17 dekabr kuni Braziliyaning internet provayderlari foydalanuvchilarining WhatsApp messenjeriga kirishini vaqtinchalik taqiqlab qo‘ydi. Bu esa Telegram uchun ayni muddao bo‘ldi.
Telegram vakillari 18 dekabrda tarqatgan bayonotga ko‘ra, WhatsApp taqiqi qarori chiqqanidan buyon 5.7 mln yangi foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
WhatsApp’ning bloklanishi qaror chiqqanidan 12 soat o‘tib bekor qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 16 dekabr kuni Braziliyaning San-Bernardu-du-Kampu shahri sudi messenjerni 48 soatga mamlakat hududida taqiqlash haqida qaror chiqardi. Qaror o‘z kuchiga 17 dekabr tunida kirdi.
Ma'lum bo‘lishicha, politsiya o‘tkazayotgan bir taftish yuzasidan messenjer foydalanuvchi haqida ma'lumot taqdim etishi lozim bo‘lgan, ammo ilova rasmiylari bunga rozi bo‘lmagan. Bunga javoban WhatsApp bloklangan.
Taxmin qilinishicha, tekshiruv ishlari poytaxtda faoliyat yurituvchi, vahshiy qotilliklar va politsiyaga hujumlari bilan tanilgan PCC guruhi bilan bog‘liqdir.