Jahon | 09:41 / 18.12.2015
2283
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik astronavt koinotdan qirolicha Yelizavetaga salom yo‘lladi

Avvalroq xalqaro ekipaj tarkibida Xalqaro koinot stansiyasiga yetkazilgan britaniyalik astronavt Tim Pik bugun, 18 dekabr kuni qirolicha Yelizaveta II ga xabar jo‘natdi. Shu yo‘l bilan qirollik HHK mayori Bukingem saroyidagi qirolichaga parvozning muvaffaqiyatli yakunlangani to‘g‘risida ma'lum qildi.

“Minnatdorman, hazrati oliyalari”, - deb yozdi Pik o‘zining Twitter mikrobloglar tarmog‘idagi sahifasiga. – Sizning (parvozni) kuzatganingizdan mamnunman”.
O‘z navbatida, Bukingem saroyidagilar Pikning parvozi britan olimlari va muhandislarining yangi avlodini ruhlantirishiga umid bildirishdi. “Butun mamlakatning o‘y-xayollari va ibodatlari – ayniqsa hozirgi vaqtda – Tim va ekipajning boshqa a'zolari to‘g‘risida”, - deyiladi Yelizaveta II murojaatida.

Eslatib o‘tamiz, 15 dekabr kuni "Soyuz-FG" raketa-tashuvchisi "Soyuz TMA-19M" transport boshqariluvchi havo kemasini Boyqo‘ng‘irdagi kosmodromdan koinotga olib chiqqan edi. Uning bortida britan astronavtidan tashqari, rossiyalik Yuriy Malenchenko va amerikalik Timoti Kopra ham parvozga yo‘l oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish