09:25 / 18.12.2015
8854

"Chelsi" rahbariyati Mourino ishdan bo‘shatilishining asosiy sababini aytdi

"Chelsi" jamoasi Joze Mourinoning ishdan bo‘shatilishiga asosiy sababni keltirdi.

Londonliklar jamoasining sport direktori Maykl Emenaloning aytishicha, Mourino jamoa futbolchilari bilan munosabatlarini yaxshi yo‘lga qo‘ya olmagani va yaxshi muhitni shakllantira olmagani uchun iste'foga chiqarilgan.

17 dekabr kuni "Chelsi" rahbariyati jamoa natijalarining yomonlashgani tufayli Mourino bilan shartnomani tomonlarning roziligi asosida bekor qilgandi.

"Bu qaror jamoa manfaatlari yo‘lida qabul qilindi. Mourinoning jamoa uchun qilgan xizmatlarini yuksak darajada qadrlaymiz. Ammo hozirda "Chelsi" o‘ziga yarashmagan o‘rinda turibdi va jamoa bu nochor vaziyatdan qutilishi kerak. Bunday yomon natijalarga murabbiy va futbolchilar orasidagi munosabatlarning sovuqlashgani ham sabab bo‘lmoqda. Biz muhim qaror qabul qilish kerakligini angladik. Jamoa xo‘jayiniga bu murabbiy bilan xayrlashish oson bo‘lgani yo‘q", deydi u.

Angliya chempionatining 16 turidan keyin "Chelsi" 15 ochko to‘plagan holda 16-o‘rinda turibdi. Jamoani "xavfli hudud"dagi (Chempionshipga tushib ketish xavfi mavjud o‘rinlar) "Norvich"dan bir ochko ajratib turibdi.

57 yoshli bu mutaxassis 2004 yildan 2007 yilgacha ham jamoani boshqargandi. U 2013 yilda Londonga qaytdi va o‘tgan mavsumda "Chelsi"ga Angliya chempionati va Liga kubogida g‘oliblikni olib berdi.

"Chelsi" Joze Mourinoni iste'foga chiqardi

"Chelsi" Mourinoga muddatidan oldin shartnomani buzgani uchun 12 mln funt tovon puli to‘laydi

"Chelsi"ni mavsum oxirigacha Guus Xiddink boshqarib turadi

Ramon Kalderon: Mourino "Real"ga qaytishi mumkin

Lineker Mourinoning bo‘shatilishiga hazilomuz munosabat bildirdi

Kemeron Mourinoning ishdan bo‘shatilishidan afsusdaligini bildirdi

Klarkson Mourinoni Amazon`da ishlashga taklif etdi

Mourinoning hayotidagi eng yomon mavsum. Uning haydalishiga kimlar sababchi bo‘ldi?

Top