Jahon | 17:24 / 18.12.2015
6001
3 daqiqa o‘qiladi

Ekspert: Rossiyada Markaziy Osiyo muhojirlari soni kamayib ketdi

Har yilning 18 dekabrida nishonlanadigan Xalqaro muhojirlar kuni munosabati bilan rossiyalik bir qator ekspertlar Sputnik agentligiga intervyu berib, Rossiyada Markaziy Osiyo muhojirlari bilan bog‘liq masala qanday bosqichda turgani haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Avvalo, o‘tgan davrda mehnat muhojirlarining mamlakatga kelishi bilan bog‘liq tartib-intizom ancha mukammallashtirildi, deb hisoblaydi MDH davlatlari instituti diaspora va migratsiya bo‘limi mudirasi Aleksandra Dokuchayeva. Jumladan, patentning xarid qilinishi chet ellikka ham yuridik, ham jismoniy shaxslar qo‘lida ishlash huquqini beradi. Bu o‘zgarishlar, mutaxassisning fikricha, Rossiyada migratsion qonunchilik modernizatsiyasi to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganidan dalolatdir.

Shuningdek, muhojirlar til imtihonini topshirishini ham ekspert to‘g‘ri deb baholab, bu amaliyot ko‘p davlatlarda borligini e'tirof etdi.
Lekin bu qonunchilikning ishlashiga korrupsiya to‘sqinlik qilmoqda, tan oladi Dokuchayeva.
“Kerakli ma'lumotnomalarni sotib olish mumkin bo‘lsa, yagona oynaning yagona markazlari qo‘shimcha strukturalarga ega bo‘la boshlasa, ular ham ishi uchun pul olsa, realizatsiya qonunchiliklarni to‘g‘ri bo‘lgan g‘oyalarini ham buzib yuboradi”, - tushuntirdi u fikrini.

Shu bilan birga, qonunchilikning qattiqqo‘llashtirilishi muhojirlarning kattagina qismiga shunday qiyinchiliklar tug‘dirdiki, ular Rossiyani tark etishga majbur bo‘lishdi. “XXI asr migratsiyasi” jamg‘armasi prezidenti, Federal migratsiya xizmati direktorining sobiq o‘rinbosari Vyacheslav Potaninning ta'kidlashicha, qonunlar o‘z-o‘zidan yaxshiligi, ammo ularning amaliyoti jiddiy oqsayotgani, boz ustiga, korrupsiyaning kuchliligi bois Markaziy Osiyo davlatlaridan tashrif buyurgan muhojirlarning katta qismi o‘z yurtlariga qaytib ketganini aytdi.

“Mehnat muhojiroti Rossiyaning rivojlanishi uchun zarur resurs, ammo, afsuski, undan hozircha foydalana olmayapmiz. Patent qonunchiligini olaylik. U bir tomondan yaxshi, boshqa tomondan esa bajarish qiyin bo‘lgan talablarga to‘la, - deydi mutaxassis. – Noqonuniy migratsiyaning oldini olish uchun hali ko‘p narsa qilish kerak”.

Eldor Asanov tayyorladi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish