11:18 / 18.12.2015
5600

Yemelyanenkoning Yangi yil kechasidagi raqibi nomi ma'lum bo‘ldi

Aralash qoidalar bo‘yicha rossiyalik mashhur sportchi Fedor Yemelyanenko katta sportga qaytganidan keyin ilk jangini kim bilan o‘tkazishi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda "R-Sport" nashri xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, 31 dekabr kuni Yaponiyada o‘tkaziladigan bu jangda to‘rt karra jahon chempioni hindistonlik 28 yoshli Jaydip Singhga qarshi ringga chiqadi.

Yemelyanenko shu yilning 14 iyulida sportga qaytishi haqida ma'lum qilgandi.

U so‘nggi marotaba 2012 yilda ringga chiqqan va jangdan keyin faoliyatini yakunlash haqida bayonot bergandi.

Ma'lumot uchun, professional faoliyati davomida 40 jangda qatnashgan Fedor ularning 35tasi g‘alaba qozongan. To‘rt marta mag‘lubiyatga uchragan. Yana bir jang natijasi hisobga olinmagan.

Fedor Yemelyanenko yangi yil kechasida Yaponiyada jang o‘tkazishi mumkin

Fedor Yemelyanenko yangi yil kuni kechasida Yaponiyada jang o‘tkazadi

Yemelyanenko yangi yil kechasida o‘tkazadigan janggi uchun 2,5 mln dollar oladi

Top