Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fox News: Rossiya aviazarbalari tufayli IShIDning neftdan olayotgan daromadi ikki martaga qisqardi
IShID terroristik guruhi jangarilarining neft savdosida olayotgan daromadi Rossiya aviazarbalari sababli ikki martaga qisqardi, deya xabar bermoqda Fox News.
“O‘ylaymanki, ular neft qazib olish hududlarini kengaytirishga harakat qilmoqda, biroq Rossiya o‘z harbiy havo kuchlari AQShnikiga qaraganda samaraliroq ishlayotgan ekan, bunga erisha olmaydi”, - dedi AQSh armiyasi vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning harakatlari ayrim rasmiy shaxslar nuqtai nazariga ko‘ra xalqaro qonunchilikka zid bo‘lsa-da, sezilarli darajada natija keltirmoqda.
Avvalroq esa IShIDdan neft sotib olishga aloqador bo‘lgan turk kompaniyalariga nisbatan BMT Xavfsizlik kengashi sanksiyalari joriy etilishi mumkinligi xabar qilingan edi.