00:09 / 18.12.2015
3937

Iroqda asirlikdan 9 nafar qatarlik ovchi qochib ketdi

Iroqda noma'lum kishilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan qatarlik ovchilar guruhidan kamida 9 kishi asirlikdan qochib ketdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Qochishga muvaffaq bo‘lganlar hozirda Kuvaytdalar. Qolganlarning taqdiri haqida hech narsa ma'lum emas. Iroq xavfsizlik kuchlari ularni qidirmoqda.

Iroq politsiyasidagi manba o‘g‘irlab ketilganlar orasida Qatarning hukmron oilasi a'zolari ham borligini aytmoqda. Xabarda aytilishicha, harbiy kiyimda bo‘lgan noma'lum qurollangan shaxslar 16 dekabrga o‘tar kechasi Najof cho‘lida lochin bilan ov qiluvchi 16 nafar qatarlik ovchini o‘g‘irlab ketgan.

Ta'kidlanishicha, Fors ko‘rfazi davlatlarining badavlat odamlari yilning shu paytida ko‘pincha Iroqda yovvoyi hayvonlarni ov qiladilar.

Top