Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada maxsus xizmatlari Iroq shimolida IShIDga qarshi harbiy amaliyotlarga kirishdi
Kanada maxsus xizmatlarining harbiy bo‘linmalari Iroq shimolida kurd jangchilari bilan birgalikda IShIDga qarshi keng ko‘lamli hujumlarga kirishdi. Bu haqda Kanada Mudofaa vaziri Xarjit Singh Sadjan ma'lum qildi.
"Bizning harbiy bo‘linmalar IShID bilan munosabatlarda himoyada turgan kurdlarning qarshi hujumga o‘tishida ishtirok etishdi. Dastlabki janglar vaqtida halok bo‘lganlar orasida kanadalik harbiylar yo‘q", deydi vazirning murojaatida.
Harbiy to‘qnashuvlar Iroq shimolidagi tumanlardan birida ro‘y bergan. Qurolli to‘qnashuvlar natijasida kurdlarning 70 ga yaqin huquq tartibot xodimlari halok bo‘lgan.