Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:53 / 18.12.2015
4229
1 daqiqa o‘qiladi
Los-Anjyelesda “Yulduzlar jangi” namoyishi vaqtida yuzlab tomoshabinlar evakuatsiya qilindi
Los-Anjyelesdagi kinoteatrlardan birida “Yulduzlar jangi” namoyishi vaqti yuzlab kishilar evakuatsiya qilindi, deya xabar bermoqda TMZ.
Film namoyishi boshlanganidan 30 daqiqa o‘tib kinoteatr xodimlari xavfsizlik maqsadida tomoshabinlarga uylariga qaytib ketishni tavsiya qilishdi.
Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, tashrif buyuruvchilardan kimdir bexosdan trevoga tugmachasini bosib yuborgan ekan. Bir oz o‘tib kinoteatr o‘z ishini qayta boshladi.