Jahon | 20:19 / 18.12.2015
3315
2 daqiqa o‘qiladi

Merkel: Asad hokimiyat tepasida bo‘lar ekan, Suriyada uzoq muddatli tinchlikka erishishning iloji yo‘q

Suriya prezidenti Bashar Asad hokimiyat tepasida bo‘lar ekan, Suriyada uzoq muddatli tinchlikka erishishning iloji yo‘q, deb aytdi 18 dekabrda Germaniya kansleri Angela Merkel Bryusselda o‘tgan Yevropa Ittifoqi sammiti ishi natijalariga bag‘ishlangan matbuot-anjumanida.

“Biz siyosiy jarayon muhim ahamiyatga ega ekanligini aytdik. Biroq Suriyadagi joriy tuzum bilan uzoq muddatli tinchlikning iloji yo‘q”, deb aytdi Merkel. “Biz albatta Nyu-Yorkdagi Suriya bo‘yicha muzokaralarga muvaffaqiyat tilaymiz”, deb qo‘shimcha qildi Merkel.

14 noyabrda Venada Suriya bo‘yicha ikkinchi ko‘p tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tgandi, unda ishtirokchilar Damashq va muxolifat vakillari o‘rtasida muzokaralarni 1 yanvargacha boshlash vazifasini qo‘ygandilar. 6 oy ichida Suriyada yangi hukumat yaratilib, mamlakat konstitutsiyasini qayta ko‘rib chiqish boshlanishi kerak edi, unga muvofiq 18 oydan keyin mamlakatda “erkin va adolatli saylovlar” o‘tishi belgilangandi.

Venadagi hujjat, shuningdek, o‘t ochish tartibini to‘xtatishni ham ko‘zda tutadi. U Suriya hukumati va muxolifat siyosiy o‘zgarishlarni boshlaganlaridan keyinoq kuchga kirishi kerak.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish