Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: Pentagon guantanamolik 17 mahbus boshqa qamoqxonaga olib o‘tilishini tasdiqladi
AQSh mudofaa vazirligi Guantanamoning 17 mahbusini boshqa davlatlar qamoqxonasiga olib o‘tilishini tasdiqladi. Bu haqda The New York Times gazetasi yozmoqda.
Nashrning ma'lum qilishicha, mazkur ma'noga ega maktubni Pentagon rahbari Eshton Karter Kongressga yo‘llagan. Kongress, o‘z navbatida, Karterga mazkur jarayon boshlanishidan 30 kun oldin barcha xavfsizlik choralari ko‘rib qo‘yilishi zarurligini ma'lum qilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, bir qator davlatlar mahbuslarni o‘z hududlarida saqlanishiga rozi bo‘lgan. Boshqa qamoqxonalarga olib o‘tilishi tufayli Guantanamodagi mahbuslar soni bugungi kunga kelib 90 nafarga kamaygan.