Jahon | 20:39 / 18.12.2015
3959
1 daqiqa o‘qiladi

Olmaota va Ostonada dollar narxi 350 tengedan oshib ketdi

Olmaota va Ostonadagi valyuta ayirboshlash punktlarida dollar kursi 350 tengedan oshib ketdi va 351 tengedan taklif qilindi.

Ostonadagi valyuta ayirboshlash punktlarida dollarning eng past qiymati 345 tengeni, Olmaotada esa 344,4 tengeni tashkil qildi. 17 dekabrdagi kechki sessiyalarda dollar 344 tanga narxi bilan yakunlangan. Bu tarixiy antirekord bo‘ldi.

“AQSh dollarining o‘rtamiyona kursi ertalabki va kunduzgi sessiyalar natijalariga ko‘ra 342,16 tengeni tashkil qilgan, barcha sotilgan dollar 230250 ming dollarni tashkil qilgan”, deyiladi manba bergan ma'lumotda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish