16:59 / 18.12.2015
5108

Peskov Putinning Donbassda rossiyaliklar borligi haqidagi so‘zlariga izoh berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha bergan katta matbuot anjumanida Donbassda rossiyaliklar borligini aytib o‘tdi, ammo bu asosda u yerda RF qurolli kuchlari vakillari bor degan xulosa qilish kerak emas, deb hisoblaydi prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

“Biz u yerda ma'lum masalalar, shu jumladan, harbiy soha yechimi bilan shug‘ullanadigan odamlar yo‘q deb hech qachon aytmaganmiz, lekin bu u yerda Rossiyaning muntazam qo‘shinlari bor degani emas”, - degan edi Putin kecha. Peskovning fikricha, davlat rahbari u yerga yo‘l olgan rossiyalik ko‘ngillilarni nazarda tutgan.

“U yerda urush ketayotgandi, odamlar u yerga urushgani ketishdi, o‘q otishdi, harbiy harakatlarda ishtirok etishdi – mana shu harbiy sohadir”, - tushuntirdi Peskov.
Gap rossiyalik professional harbiylar haqida ketmayaptimi, degan savolga, Peskov ishonch bilan “Yo‘q” deb javob berdi.

Top