Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: Rossiya Asadning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatiga ega
G‘arblik diplomatlardani birining Reyter agentligiga ma'lum qilishicha, Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asadning almashtirishi mumkin bo‘lgan bir necha nomzoddan iborat ro‘yxat tuzib chiqqan. Manba o‘z xabarining barcha jihatlarini oshkor etishni istamagan.
Qayd etilishicha, Suriyadagi vaziyatga aloqador tomonlar o‘tish jarayonidan keyin Bashar Asadning hokimiyatdan ketishi bo‘yicha murosaga kelishi kerak.
"Rossiya G‘arb davlatlariga Bashar Asadning Suriya hukumati tepasidan ketishiga hech qanday e'tirozi yo‘qligini bildirdi. Ularning shu vaqtgacha qat'iy tarzda Asadning qolishini yoqlab kelgan edi", deydi diplomat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari, Turkiya, Saudiya Arabistoni va boshqalarning Bashar Asadni hokimiyatdan chetlashtirish bo‘yicha yakdil fikrda bo‘lib kelgani Moskvaning bunga rozilik bildirishiga olib kelgan. Lekin bu Rossiya va ikkinchi tomonning umumiy fikrga kelganini anglatmaydi.
Suriyadagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha muzokaralarning uchinchi raundi 18 dekabr kuni Nyu-York shahrida o‘tkaziladi. Maslahatlashuvlar jarayonida AQSh Davlat kotibi Jon Kerri, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va o‘nlab boshqa vazirlar ishtirok etadi.
Bu boradagi muzokaralarning avvalgi raundi noyabr oyida Avstriya poytaxti Vena shahrida o‘tkazilgandi. Unda tomonlar yanvar oyida Suriya hamda muxolifat o‘rtasida muzokaralar tashkil qilinishiga kelishib olishgandi. Shundan so‘ng, 1,5 yil davomida Suriyada o‘tish davri hukumati amalda bo‘ladi. 1,5 yildan keyin esa saylovlar o‘tkaziladi.