Jahon | 08:15 / 18.12.2015
8453
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Mudofaa vazirligi Su-24 samolyoti “qora quti”lari rasshifrovka qilinishi munosabati bilan matbuot anjuman o‘tkazadi

Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada urib tushirilgan Su-24 harbiy samolyoti “qora quti”lari rasshifrovka qilinishi munosabati bilan matbuot anjuman o‘tkazadi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

“18 dekabrda Moskva vaqti bilan soat 10.00 da Davlat aviatsiya qo‘mitasida 24 noyabrda Suriyada Turkiya HHK tomonidan urib tushirilgan Su-24M samolyotining obektiv nazorat bort vositalarini o‘qish va deshifratsiya qilish jarayoni boshlanishi munosabati bilan Rossiya Mudofaa vazirligi vakillarining matbuot-anjumani bo‘lib o‘tadi”, deyilmoqda xabarda.