12:06 / 18.12.2015
3380

Rossiyaning BMTdagi vakili tashkilot Turkiya kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy etishi mumkinligini aytdi

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin IShID bilan neft oldi-sotdisiga aloqador Turkiya kompaniyalariga nisbatan BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyalari joriy etilishi mumkinligini aytdi.

Uning so‘zlarini RIA Novosti agentligi keltirmoqda.
O‘z chiqishida Rossiya vakili terrorchilar neft mahsulotlarining eng katta qismini Turkiyaga o‘tkazayotganini ta'kidlab o‘tdi. Churkin bu ishlarga aloqador bir qancha kompaniyalar nomini tilga oldi.

Churkinning ta'kidlashicha, IShIDdan xarid qilingan neft Turkish Petroleum Refineries Co. (TUPRAS) kompaniyasining Batman shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga yetkazilmoqda.
“Ammo uglevodorodlarning asosiy oqimi Turkiyaning O‘rta Yer dengizidagi portlari, birinchi navbatda, Jayhon porti orqali olib ketiladi”, - deb ta'kidladi rossiyalik diplomat.

“Agarda mamlakat terrorchilikni moliyalashtirishga qarshi yetarli choralar ko‘rmayotgani aniqlansa, sanksiyalar joriy etilishi mumkin”, - xulosa qildi Churkin.

Top