Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruminiyada AQShning raketalarga qarshi mudofaa bazasi qurilishi yakunlandi
Vashington va Buxarest Ruminiyada AQShning raketalarga qarshi mudofaa bazasining texnik tayyorgarligi yakunlanganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, Aegis Ashore raketalarga qarshi mudofaa tizimining yer ustidagi varianti kuchli radar, ushlash qurilmasi va kommunikatsiya qurilmalarini o‘z ichiga oladi.
AQSh hukumatining aytishicha, bu tizim Eron tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan hujumlarni bartaraf etishga qaratilgan.
Baza rasman 2016 yilning boshida ishga tushiriladi.
Marosimda AQShning Ruminiyadagi elchisi Xans Klemm va Ruminiya tashqi ishlar vaziri Lazar Komanesku ishtirok etdi. Ular birgalikda nutq so‘zlash paytida bunday qurilmaning Ruminiyada o‘rnatilishi Rossiya qarshi qaratilmaganini aytdilar.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Shoygu Mudofaa vazirligining har yilgi kengaytirilgan majlisida NATOning Boltiqbo‘yi davlatlari, Polsha va Ruminiyadagi kuchlari bir yil ichida samolyotlar bo‘yicha 8 marta, shaxsiy tarkib bo‘yicha 13 marta ortganini ma'lum qilgandi.