Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sadriddin Abdullayev Malayziya Super Ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin
Xabaringiz bor, hamyurtlarimiz Farhod Tojiyev va Sadriddin Abdullayev ortda qolgan mavsumni Malayziyada o‘tkazishdi.
Malayziyada nufuz jihatdan ikkinchi o‘rinda deya e'tirof etiladigan premer liga bahslarining 2015-yilgi mavsumi yakuniga ko‘ra futbolchilarimiz sharafini himoya qilgan “T-Tim” klubi uchinchi o‘rinni band etib, Super Ligaga yo‘l ola bilmadi. Natijada Tojiyev ham, Abdullayev ham “T-Tim” bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilishdi. Hozirda ushbu ikki futbolchi boshqa jamoalar takliflarini ko‘rib chiqishmoqda.
Ta'kidlash joiz, Sadriddin Abdullayevni Toshkentning “Lokomotiv” klubi ham o‘z safida ko‘rmoqchi. Ma'lum bo‘lishicha, “temiryo‘lchilar”ning takliflari jiddiy. Ammo mahoratli yarim himoyachi yakuniy qaror qabul qilishga shoshmayapti. Chunki uni Malayziya Super Ligasi ishtirokchisi bo‘lgan jamoalardan biri ham o‘z tarkibiga qo‘shib olish niyatida. Agar tomonlar o‘zaro kelisha olishsa, Sadriddin Abdullayev kelasi mavsumni ham Janubi-sharqiy Osiyoda o‘tkazadi.
Manba: Sports.uz