18:27 / 18.12.2015
7867

Tojikistonlik senator Emomali Rahmonni Kir II va Ismoil Somoniyga tenglashtirdi

Tojikiston parlamenti yuqori palatasi a'zolari 9 dekabr kuni Majlisi namoyandagon tomonidan qabul qilingan “Tinchlik va birdamlik asoschisi – Millat peshvosi to‘g‘risida”gi qonunni ma'qulladi.

Bu masalada chiqish qilgan senator, Tojik milliy universiteti rektori Muhammadyusuf Imomzoda “amaldagi prezident Emomali Rahmonning Millat peshvosi deb e'lon qilinishi xalqning unga bo‘lgan muhabbatining in'ikosidir”, deya ta'kidladi.

“Emomali Rahmonning tojik xalqi oldidagi xizmatlari Kurushi Kabir (Ahamoniylar podshosi Kir II) va Ismoil Somoniynikidan kam emas”, - qo‘shimcha qildi u.

Shuningdek, u Millat peshvosi nomida orden va davlat mukofoti ta'sis etilishini ma'lum qildi.

Top