Jamiyat | 22:38 / 18.12.2015
7434
3 daqiqa o‘qiladi

Virjiniyadagi barcha maktablar “arabcha yozuvdagi” uy vazifasi sababli yopildi

AQShning Virjiniya shtatidagi barcha maktablar 18 dekabrda “arabcha yozuvdagi” uy vazifasi sababli yopildi. CNN telekanalining ma'lum qilishicha, mojaro husnixatni o‘rganish sababli kelib chiqqan.

“Bu shahodat, arabchada yozilgan Tangrining yagonaligiga iymon keltirishdir. Uni yozishga harakat qilib ko‘r. Bu senga husnixatning badiiy tomondan murakkabligini tasavvur qilishingga imkon beradi”, deb aytilgandi o‘quvchilarga taklif qilingan vazifada.

Bu uy vazifasi ijtimoiy tarmoqlarda katta sondagi xabarlar bildirilishini keltirib chiqardi va jamoatchilik tomonidan noroziliklarga sabab bo‘ldi, oqibatda shtat hukumati barcha maktablarni bir kunga yopib qo‘yishga qaror qildi. “O‘quvchilarga xavf bo‘lmasa ham, maktablar butun juma kuni yopiq bo‘ladi”, deb aytildi ta'limga javob beruvchi rahbarlar bayonotida.

Telekanalning ma'lum qilishicha, ba'zi junbushga kelgan ota-onalar ularning farzandlari islomni qabul qilishga majbur qilinmoqdalar, deb o‘ylashgan. Ular bu vazifani bergan o‘qituvchini bo‘shatib yuborishni talab qildilar, biroq o‘qituvchi bu vazifani o‘zi o‘ylab topmagani, balki dunyo dinlari bo‘yicha darslikdan olganini aytgan.

Shahodat so‘zma-so‘z guvohlik deb tarjima qilinadi va islomning bosh farzi hisoblanadi. Unda shunday deyiladi: “Guvohlik beraman albatta Allohdan boshqa iloh yo‘qdir, yana guvohlik beraman albatta Muhammad alayhissalom Allohning bandasi va elchisidir”. Qadimda shahodatning rasmiy shaxs oldida “chin yurakdan” uch marta ketma-ket aytilishi islomning qabul qilinishini anglatgan.

Fox telekanali noyabr oxirida sodir bo‘lgan shunga o‘xshash holat haqida xabar bergandi. O‘shanda Yuta shtatidagi maktablardan birida o‘quvchilarga IShIDni targ‘ib qiluvchi plakat yaratish taklif qilingandi. Keyinroq maktab rahbariyati ushbu voqea yuzasidan o‘z uzrini keltirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish