22:33 / 19.12.2015
3588

"Chelsi" Xiddinkni yangi bosh murabbiy sifatida e'lon qildi

Gollandiyalik mutaxassis Gus Xiddink “Chelsi” futbol jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi. U bu vazifani mavsum oxirigacha bajaradi. Bu haqda 19 dekabrda jamoaning rasmiy saytida ma'lum qilindi.

“Klub egalari va direktorlar kengashi katta tajribaga ega va katta muvaffaqiyatga erishgan, jumladan bizning klubda avval 2009 yilda Angliya kubogini egallaganimizda bo‘lgan murabbiyni qarshilaydi. Janob Abramovich va direktorlar kengashi Gus bizning iste'dodli jamoamizdan maksimum foyda olish uchun Gus barcha zaruriy jihatlarga ega deb ishonadi”, deyilmoqda xabarda.

69 yoshli Xiddink esa o‘zining “Stemford Brij” stadioniga qaytganidan xursandligini bildirdi. “Chelsi” dunyodagi eng yirik klublardan hisoblanadi, biroq hozirda u bo‘lishi kerak bo‘lgan o‘rinda emas. Biroq shunga qaramay, bu mavsumni o‘zgartira olamiz. Men buyuk klubda o‘yinchilar va xodimlar bilan ishlashni intiqlik bilan kutmoqdaman hamda men bizning muxlislar bilan ajoyib munosabatlarimizni boshlashdan xursandman”, deb aytdi Xiddink.

Gus Xiddink 2009 yil fevralda “Chelsi”ga iste'foga yuborilgan Luis Felipe Skolari o‘rniga mavsum oxirigacha murabbiylik qilgan. Xiddink qo‘l ostida “Chelsi” Angliya kubogini yutgan va Chempionlar Ligasining yarimfinaliga chiqqan, biroq u yerda ikki o‘yin natijalariga ko‘ra”Barselona”ga yutqazgan.

Top