Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Kortej” loyihasi mashinalari Rossiya prezidenti inauguratsiyasiga taqdim etiladi
Rossiya siyosiy elitasi uchun mashinalar ishlab chiqarishga qaratilgan “Kortej” loyihasining birinchi ommaviy taqdimoti 2018 yil may oyida o‘tadigan prezidentlik inauguratsiyasi chog‘ida tashkil etiladi. Bu haqda sanoat va savdo vaziri Denis Manturovga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, namunaviy nusxa 2016 yil yanvaridayoq tayyor bo‘ladi, ammo “intrigani saqlash” uchun mashina 2018 yilga qadar ko‘rsatilmaydi.
“Birinchi seriyaoldi partiyani 2017 yil oxirigacha tayyorlashimiz kerak, inauguratsiyada uni ko‘rasizlar”, - dedi Manturov.
2016 yilda loyiha realizatsiyasiga byudjyetdan 3.7 mlrd rubl ajratiladi. “Kortej”ga davlat jami 9-12 mlrd rubl sarflashi kutilmoqda.