Jahon | 10:24 / 19.12.2015
1945
1 daqiqa o‘qiladi

Apple rahbari soliqlar to‘lanmagani haqidagi ayblovlarni rad etdi

Apple korporatsiyasi bosh direktori Tim Kuk chet el sotuvlari davomida soliq yuklamalarini kamaytirishga bo‘lgan harakatlarda ayblangan edi. Bu ayblovlarga u CBS News kanali orqali javob berdi.

“Bu mutlaqo siyosiy axlatdir. Bunda haqiqat yo‘q. Apple soliqlarning har bir dollarini to‘laydi”, - dedi Kuk.
U korporatsiya daromadining uchdan ikki qismi chet elga sotuvlardan kelayotganligini tan oldi. Ammo, boshqa transmilliy korporatsiyalar singari, u ham daromadni filiallarda qoldiradi, shunda AQShda soliq to‘lashga ehtiyoj qolmaydi.

“Bu soliq kodeksi sanoat davri uchun ishlab chiqilgan, raqamli asr uchun emas”, - qo‘shimcha qildi Kuk va kodeksni ko‘p yillar muqaddam tuzatish kerak bo‘lganini aytdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish