Jamiyat | 20:55 / 19.12.2015
5805
1 daqiqa o‘qiladi

Tsirk fili Rossiya madaniyat vaziri, Iosif Kobzon va Sankt-Peterburg gubernatorini bosib yuborishiga sal qoldi

Sankt-Peterburgning Fontankasidagi sirki sahnasida tomoshada ishtirok etayotgan fil yugurib ketib, Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy, xonanda Iosif Kobzon va Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenkoni bosib yuborishiga sal qoldi. Internetda chop etilgan videoda tasvirlanishicha, Kobzon va Poltavchenko chetga qochishga ulgurishgan, Medinskiy esa tezda manej chetidan xatlab o‘tib olgan.
15 dekabrda sirk 1,5 yil davom etgan restavratsiyadan keyin birinchi marta tomoshabinlarni qabul qildi. TASS axborot agentligining ma'lum qilishicha, fil an'anaga ko‘ra yangi uyga kiritiladigan mushuk o‘rniga sahnaga chiqarilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish