Jahon | 15:57 / 19.12.2015
2972
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an yil oxirida Saudiya Arabistonida bo‘ladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 29 dekabr kuni Saudiya Arabistoniga tashrif buyurib, u yerda qirol Salmon Abdulaziz bilan uchrashadi. Bu haqda Al-Hayat umumarab gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, “tashrif mintaqa uchun nozik bo‘lgan pallada, Suriya, Iroq, Yamandagi vaziyat yonib turgan bir paytda o‘tadi. Turkiya va Saudiya Arabistoni rahbarlari bu mavzularni, shuningdek, o‘zaro aloqalarning turli yo‘nalishlarini muhokama qiladi”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish