Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron 40 yil muqaddam xarid qilingan 14 kartinani AQShdan olishga muvaffaq bo‘ldi
Eronga AQShda sanksiyalar tufayli 40 yil oldin ushlab qolingan 14 tasviriy san'at namunalarini keltirishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu haqda Press TV telekanali xabar berdi.
“Eron AQShda xarid qilingan o‘ndan ortiq badiiy asarlarni olishga erishdi. Ular 1979 yilgi Islomiy inqilobdan so‘ng ikki tomonlama diplomatik aloqalarning uzilishi tufayli AQShdan olib chiqilmagan edi”, - deyiladi telekanal xabarnomasida.
Eron prezidenti ma'muriyati qoshidagi xalqaro huquq markazining aniqlashtirilishicha, gap Maykl Greyvs va Robert Sternlar tomonidan yaratilgan san'at asarlari haqida ketmoqda. Ular 1978 yili Tehron zamonaviy san'at muzeyi tomonidan sotib olingan edi. Lekin ularni Eronga berish haqida sud qarori ikki yil muqaddam qabul qilindi. Ish Eron va AQSh o‘rtasidagi 1981 yilgi Jazoir kelishuviga muvofiq tashkil etilgan maxsus tribunalda ko‘rib chiqildi.