Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Goldman Sachs: 2016 yilda neft narxi 20 dollargacha tushib ketadi
Goldman Sachs investitsion banki 2016 yilda jahonda neft narxlari bozorda neft ko‘payib ketishi oqibatida 20 dollargacha tushib ketishini prognoz qilmoqda, deb xabar bermoqda CNBC telekanali.
Goldman Sachs bunga olib keladigan asosiy omillardan biri sifatida Eronning jahon neft bozoriga chiqishini aytmoqda, buning oqibatida OPeKning bir kunlik umumiy neft olish hajmi 32 mln barreldan oshib ketadi.
Bankning ta'kidlashicha, neft narxi 20 dollarga tushib ketgandan keyin bozordan slanetsli neft oluvchilar tezda g‘oyib bo‘ladi, oqibatda neft qazib olish hajmi AQShdagi burg‘ilovchi qurilmalar soni kabi keskin kamayishni boshlaydi, kompaniyalar esa o‘zlariga geologik razkedka olib borish va yangi konlarga sarmoya kiritishni ep ko‘rolmaydilar va bu oxir-oqibat ishlab chiqarishning kamayishi va narxlarning oshishiga olib kelishi mumkin.
“Neft narxining pasayishi OPeK yig‘ilishidan keyin kartelda yakdillik yo‘qligi sababli tezlashib ketadi. OPeKning avvalgi uchrashuvi uning neft bozorini muvozanatlashga harakati uning manfaatlariga to‘g‘ri kelmasligi haqidagi fikrimizni isbotladi”, deyilmoqda hisobotda.
Goldman Sachs avvalroq ham neft narxi qulashini oldindan aytgandi, biroq uning u prognozi hozirdagidek bunchalik aniq bo‘lmagandi.