O‘zbekiston | 12:50 / 19.12.2015
3272
2 daqiqa o‘qiladi

Joylarda diniy aqidaparastlikka qarshi turkum tadbirlar o‘tkazildi

2015 yil dekabrining ikkinchi o‘n kunligida Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida “Ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish va diniy aqidaparastlikning oldini olish” mavzusiga bag‘ishlangan turkum yig‘ilish va uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Aytilishicha, tadbirlarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari qatnashib, “Mamlakatimizda diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashning dolzarb yo‘nalishlari” va “Islom tinchlik dini.

Tinchlikni asrash va targ‘ib qilish – dolzarb vazifa” kabi mavzularda ma'ruzalar qilishdi.Uchrashuvlarda tinchlikni asrab-avaylash, hushyorlikni yanada oshirish, ayniqsa, yoshlar tarbiyasiga, ularning turli yot oqimlar ta'siriga tushib qolishining oldini olish mas'uliyati va bu borada bajariladigan har bir ishni hamjihatlikda amalga oshirish ko‘zlangan natijalar berishi ta'kidlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish