Jahon | 06:56 / 19.12.2015
2751
1 daqiqa o‘qiladi

Kerri: Suriyada hokimiyatning topshirilishi masalasi bir-ikki oy ichida hal qilinishi kerak

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Suriyada o‘tish hukumati haqidagi masala bir-ikki oy ichida hal qilinishi kerakligini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Kerri Suriya bo‘yicha rezolyutsiyaning qabul qilinishi Jyeneva kommyunikesining to‘liq bajarilishini nazarda tutadi, deb aytdi.

“Unda o‘tish hukumati haqida aytib o‘tilgan, u rezolyutsiyada biz zudlik bilan boshlashimiz kerak bo‘lgan jarayon sifatida eslatilgan. Maqsad – bunga olti oy ichida erishishdir”, deb aytdi Kerri va bu bir yoki ikki oy ichida Suriyada hokimiyatni topshirish jarayoni va yakdil hukumat – “to‘liq ijrochi hokimiyatga ega bo‘ladigan o‘tish organini” tashkil etish bo‘yicha yechimni qabul qilishni boshlash kerakligini anglatishini qo‘shimcha qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish