Jahon | 07:41 / 19.12.2015
3830
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: Suriyadagi hammani ham muzokaralarga taklif qilish kerak emas

Suriyadagi hammani ham mamlakatdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralarga taklif qilish kerak emas, bu terrorchilik g‘oyalarini targ‘ib qiladiganlarga taalluqli, deb aytdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

“Suriyadagi hammani ham muzokaralarga chaqirish umuman kerak emas”, deb aytdi Lavrov BMTdagi matbuot-anjumanida.

Lavrovning aytishicha, “agar o‘t ochishni to‘xtatish tartibi e'lon qilsa, terrorchilik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi va amaliyotini qo‘llovchilar undan istisno qilinishi kerak”.

Lavrov shu bilan birga muzokaralarga vatanparvarlik muxolifati, jumladan qurollangan muxolifatni, “ekstremistik faoliyat va IShID, An-Nusra va ularga o‘xshashlarning g‘oyalarini ilgari surishga daxli yo‘qlarni” chaqirish kerakligini aytdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish